
"Liverpul" Norvegiya terma jamoasi a’zosi uchun "Arsenal" va "Tottenxem" bilan raqobatlashadi
"Sheffild Yunayted" yarim himoyachisi Sander Berge faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli norvegiyalik futbolchini shu yoz sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu borada ularga "Aston Villa", "Arsenal" va "Tottenxem" raqobat qilishi mumkin.
Berge joriy mavsum "Sheffild Yunayted" safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Norvegiya terma jamoasi safida 24 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar