
"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar!
“Liverpul” forvardi Sadio Mane APLning 19-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi markaziy o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi.
“Aston Villa”ga qarshi o‘yinda menga nisbatan juda qo‘pol harakat qilishdi, o‘zimga kelishim uchun bir necha daqiqa ketdi. Uchrashuv tugaganidan so‘ng, men jarohatga muz qo‘ydim, hammasi o‘tib ketdi. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman va "qizil iblislar"ga qarshi o‘ynashga tayyorman”, - dedi senegallik futbolchi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
“Liverpul” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Fikrlar