“Liverpul”: Muhammad Salohning o‘rnini shu supero‘yinchi bosadi!

  • 18 oktabr, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” mutasaddilari Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Muhammad Saloh o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti.

Tecno

Ma’lumki, “Al-Ittihod” xo‘jayinlari misrlik hujumchiga katta maosh va klubga mo‘may badal puli va’da qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar Saloh ketadigan bo‘lsa, o‘rniga “Bavariya”da o‘ynayotgan Leroy Saneni olib kelishga harakat qiladi.

“Liverpul” Sane uchun rekord darajada pul tikishga. Hozircha, “qizillar”ning rekord xarajati 80 million funtga teng. Bu summaga “Benfika”dan Darvin Nunes sotib olingan.

Leroy Sane Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasi ega. U avval to‘rt mavsum “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan. “Bavariya” germaniyalik futbolchini 2020 yili 55 million funtga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!