
"Liverpul" Minole o‘rniga ispaniyalik darvozabonni olib kelmoqchi
"Liverpul" klubi jamoani tark etgan Minole o‘rniga ispaniyalik darvozabonni olib kelmoqchi.
Inglizlar "Vest Xem"ning sobiq darvozaboni Adrian bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, "Liverpul" Minolening o‘rniga ko‘zlagan darvozabonlari orasida Adrian bilan shartnoma tuzishga yaqin turipti.
32 yoshli darvozabon "Vest Xem" klubidagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng, yakuniga etgan mavsumda klubni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, Simon Minole "Bryugge" klubi bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan edi.
Fikrlar