"Liverpul" Milner bilan muzokaralarga kirishdi

  • 10 sentabr, 2019, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" o‘z yarim himoyachisi Jeyms Milnerni jamoada saqlab qolmoqchi.

Tecno

Mersisaydliklar allaqachon futbolchi bilan muzokaralarga kirishib bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z yakuniga etadi.

Milner yanvar oyida boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishi ham mumkin.

Ta’kidlanishicha, ikki tomon o‘zaro muhokama qilishi kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Milnerning maoshi (haftasiga 120 min funt) jamoadagi eng yuqorilaridan biridur. Yana bir masala, Milnerning o‘zi asosiy tarkibda doimiy ravishda maydonga tushishiga shubha qilishi mumkin.

Muzokaralar qancha uzoq davom etsa, Milner yozda erkin agent sifatida ketishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!