
“Liverpul” meni chempion jamoaga qo‘yib yuborsin!
“Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keyta yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirmoqchi.
Gvineyalik yarim himoyachi klub rahbariyatidan o‘zining transferiga to‘sqinlik qilmasligini so‘ramoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone tajribali futbolchini chempion jamoa tarkibiga chaqirmoqda.
Madridliklar ayni paytda “Liverpul”ga Keyta transferi bo‘yicha maxsus taklif tayyorlayapti. Keyta Madridga kelib, jamoada Lukas Torreyra o‘rnini egallashi kerak.
26 yoshli Nabi Keyta joriy mavsumda Angliya premer-ligasijda atigi 10 ta uchrashuv o‘tkazib, ko‘zga ko‘rinarli natija qayd etgani yo‘q.
Fikrlar