
“Liverpul” qishki transferlar oynasida yarim himoyani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Variantlar orasida Jeyms Meddison ham paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Fichajes” nashri.
Yarim himoyachininng amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Manbaning ta’kidlashicha, “Lester Siti” futbolchi bilan shartnomani yangila olmasligi mumkin. Shu sababli, jamoa Medisson uchun 60 million evro to‘lanishiga rozi bo‘lishi mumkin.
Jeyms ushbu mavsum barcha chempionatlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta assist amalga oshirdi.
26 yoshli yarim himoyachi Qatarda davom etayotgan mundialga jarohat bilan tashrif buyirdi. U garchi safga qaytgan bo‘lsada, Garet Sautgeyt futbolchini bir daqiqa ham maydonda o‘ynatmadi.
Fikrlar