
“Liverpul” La Ligadan bir urinishda uchta yulduzni olib ketadi
“Liverpul” ham har qanday grand klub singari yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga urinadi.
Arne Slot jamoani qabul qilib olganidan keyin asosiy e’tiborini bor futbolchilardan kuchli jamoa tuzishga qaratdi va maqsadiga etdi. Endi o‘zining ko‘ngli to‘lmayotgan pozitsiyalarga yangi ijrochilarni olmoqchi.
Bundan tashqari, mavsum oxirida Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Luis Dias singari etakchi o‘yinchilar klubni tark etishi mumkin.
Arne Slot hujum, yarim himoya va himoyaga o‘ziga yoqqan va Ispaniyada o‘ynayotgan uch nafar futbolchini mo‘ljallab qo‘ydi.
Takefusa Kubo:
“Real Sosedad”da o‘ynayotgan yaponiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tish imkoniga ega. Arne Slot bu futbolchi Muhammad Salohning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda. Kubo kreativ va tezkor o‘yinchi sifatida qadrlanadi.
Oyxan Sanset:
“Atletik” hujumkor futbolchisi Oyxan Sanset nomzodi ham “Liverpul”ni kuchaytirishi mumkin. Bu o‘yinchi o‘zining jismoniy ko‘rsatkichlariga tayangan holda raqib jarima maydonchasiga yorib kirishni zo‘r uddalaydi.
Kristian Moskera:
“Valensiya” o‘zining iste’dodli yosh markaziy himoyachisi Moskerani ushlab qolishi juda qiyin bo‘ladi. Bu himoyachiga Evropaning bir necha klublari da’vogarlik qilmoqda. Mosera himoyada ishonchli o‘ynash bilan birga to‘p uzatish va hujum boshlash xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Fikrlar