"Liverpul" Koutinoni ijaraga olmoqchi

  • 15 iyul, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoaning sobiq vingeri Filippe Koutinoni yana tarkibga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar braziliyalik futbolchi masalasida "Barselona"ga taklif bildirishgan. Aniqrog‘i, ular Koutinoni keyinchalik 88 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olishmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda Koutinoning o‘zi ham yana “Enfild”da qaytib, Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘ynashga rozi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida aynan “Liverpul”dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!