“Liverpul” Kloppni qaytarmasligiga uchta sabab bor

  • 3 dekabr, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klopp va rahbariyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar: Kloppning qaytishiga uning Maykl Edvards va Julian Uord timsolidagi klub rahbariyati bilan bir fikrga kelish bo‘yicha ziddiyatlari xalaqit qiladi.

Tecno

Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri “Liverpul” jamoaning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni nega qaytarmasligining uch sababini  keltirdi.

Gap shundaki, mersisaydliklar hozirgi bosh murabbiy Arne Slot qo‘l ostida joriy mavsumni barbod qilib bo‘ldi. Ko‘pchilik klub rahbariyatidan Yurgen Kloppni ortga qaytarishni kutmoqda.

Ammo quyidagi sabablar bunga imkon bermaydi:

Slotga ishonch va xarajatlar: Klub rahbariyati futbolchi va bosh murabbiy faoliyatida pasayish davri bo‘lishini tushunadi va bu Slotni bosh murabbiy lavozimida saqlab qolishni oqlashi mumkin. Bundan tashqari, “Liverpul” 2024 yil yozida niderlandiyalik mutaxassis bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun “Feyenoord”ga 8 million funt to‘langanini hisobga olmoqda.

Kloppning yangi lavozimi: Murabbiylik faoliyatini olib bormayotgan bo‘lsa-da, Klopp hozir “RB Leyptsig” klubida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida ishlayapti.

Klopp «Liverpul»ni 2015 yildan 2024 yilgacha muvaffaqiyatli boshqargan. Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida mersisaydliklar Angliya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!