
“Liverpul” Kloppga “katta yulduzlar”ni olib beradi
Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘ynayotgan “Liverpul” joriy mavsumni barbod qildi. “Qizillar” Angliya Premer-ligasida shu kungacha juda ko‘p ochko yo‘qotdi va kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish endi deyarli imkonsiz hisoblanadi.
Shunga qaramay, klub rahbariyati germaniyalik murabbiyga ishonch bildirishda davom etadigan bo‘lyapti. Yurgen Kloppga katta transferlarni amalga oshirish uchun etarli darajada mablag‘ ajratiladi.
Klopp jamoaga birinchilardan bo‘lib, “Borussiya” yulduzi Jud Bellingem va “Vulverxempton” etakchisi Mateus Nunesni olib kelishni so‘ragan.
2015 yildan beri “Liverpul”ga ustozlik qilayotgan Kloppning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar