
“Liverpul” Klopp o‘rniga murabbiy tanladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini rasman e’lon qilib bo‘lgan.
Klub mutasaddilari uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan mutaxassis qidirayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, asosiy nomzod sifatida “Sporting” ustozi Ruben Amorim e’tirof etilmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyaliklar liverpulliklarga 39 yoshli mutaxassisni olish uchun to‘lanadigan badal summasini ham e’lon qilgan.
Ruben Amorim “Sporting”ni 2020 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida lissabonliklar Portugaliya chempionligi, Portugaliya ligasi kubogi hamda mamlakat Superkubogiga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar