"Liverpul" Isak transferi amalga oshmasa, Bundesligadan hujumchi topib qo‘ydi

  • 15 iyul, 19:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Nyukasl" bilan Aleksander Isakning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, "qizillar" 25 yoshli hujumchi bo‘yicha ehtimoliy taklifni muhokama qilish uchun "Nyukasl" bilan bog‘langan. Agar shvetsiyalik futbolchining transferi imkonsiz bo‘lsa, mersisaydliklar "Ayntraxt" forvardi Yugo Ekitike uchun kurashga kirishlari mumkin.

Tecno

"Nyukasl"ning hujumchini sotish niyati yo‘q. Klub Isak bilan yangi shartnoma tuzishni xohlamoqda.

Aleksander o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!