“Liverpul” ikki etakchi o‘yinchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati jamoaning ikki etakchi o‘yinchisi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Taniqli insayder Faritsio Romanoning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar vengriyalik yarim himoyachi Dominik Soboslai bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokarani boshladi.
Bundan tashqari, “qizillar” niderlandiyalik Rayan Gravenberxga ham yangi bitim beradi. Har ikki o‘yinchining o‘sishi klub rahbariyatini qoniqtirmoqda.
Rayan Gvarenberx “Ayaks” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yilning yozigacha o‘z yurtida to‘p tepgan tayanch yarim himoyachi keyingi bir yilni “Bavariya”da o‘tkazdi. “Liverpul”ni uni 2023 yili yozda 40 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Soboslai ham Vengriya va Avstriya chempionatlaridagi faoliyatidan keyin 2021 yildan beri top-ligalarda o‘ynab kelmoqda. 2021-2023 yillar davomida Germaniya Bundesligasida “Leyptsig” sharafini himoya qilgan hujumkor futbolchi “Liverpul”ga 70 million evro evaziga transfer qilingan edi.



Fikrlar