"Liverpul" hujumchisiga 3 ta klub qiziqish bildirgan
"Liverpul" hujumchisi Federiko Kezaga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda sport jurnalisti Nikolo Shira o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik futbolchini A Seriyasining ikki klubi va La Liganing bir jamoasi kuzatmoqda.
Shunga qaramay, Keza transferga rozilik bildirmayapti va "qizillar" safida qolmoqchi. Federiko 2024 yilning yozida "Yuventus"dan mersisaydliklarga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Keza uchta turnir doirasida 15 ta o‘yinda ishtirok etgan va beshta gol urgan.



Fikrlar