"Liverpul" hujumchisi de Bryuyne ortidan "Napoli"ga o‘tishi mumkin

  • 12 iyun, 14:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" vingeri Federiko Keza Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda italiyalik insayder Alfredo Pedulla xabar berdi. Manbaga ko‘ra, futbolchiga "Napoli" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

27 yoshli italiyalik vinger o‘zining mersesaydliklar klubidagi holatidan mamnun emas va faoliyatida yangi bosqichni boshlashga tayyor. Bundan tashqari, neapolliklar Kezani hozirgi transferlar oynasida qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoani o‘tgan mavsum chempion qilgan Antonio Konte ham bu transferga qarshi emas.

Federiko o‘tgan mavsum "qizillar" safida 14 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi esa 14 million evroga teng bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Keza avvalroq "Fiorentina" va "Yuventus"da to‘p surgan, Italiya terma jamoasi safida ham bir qator muhim o‘yinlarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!