"Liverpul" hujumchisi baribir jamoani tark etadi!

  • 19 aprel, 15:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yozgi transferlar oynasi yaqinlashar ekan, Darvin Nunesning “Liverpul”dagi kelajagi tobora noaniqlashmoqda. Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, klub fevraldan buyon aniqlashtirgan rejani o‘zgartirmagan – urugvaylik hujumchi yozda ketishi kutilmoqda. 
 
Yanvar oyida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi Nunes uchun rasmiy taklif bilan chiqqan edi, biroq “Liverpul” bu taklifni rad etdi. Shunga qaramay, yoz oyida barcha variantlar ko‘rib chiqiladi, jumladan, yana Saudiya klublaridan takliflar bo‘lishi mumkin. 
 
O‘zi ham yangi bosqichga tayyor ekanini bildirgan Nunes, “Liverpul”dagi roli va o‘yin uslubiga to‘liq moslasha olmayotgani sababli, jamoani tark etishga tayyor. Klub ham unga asosiy hujumchi sifatida uzoq muddatli ishonch bildirmayotgan ko‘rinadi, ayniqsa, yangi murabbiy kelishi fonida. 
 
Ma’lumot o‘rnida, urugvaylik forvard joriy mavsum mersesaydliklar safida 42 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmagalarga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!