"Liverpul" himoyachisiga 3 ta grand klub haridor
"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate qishda yoki mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Konatening vakillari shu kunlarda "Bavariya", PSJ va "Real Madrid" kabi klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Frantsiyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida Myunxen klubi qaralmoqda. Bunga sabab qilib, Dayo Upamekanoning shartnomasi yakuniga etishi va unga o‘rinbosar izlanayotgani keltirilyapti. Madridliklar esa ikkala frantsuzni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida, ammo Upamekanoni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi "qizillar" safiga 2021 yida "RB Leyptsig"dan kelib qo‘shilgandi.



Fikrlar