"Liverpul" himoyachilari bu borada tengsiz

  • 29 sentabr, 2020, 16:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchilari Trent Aleksandr-Arnold va Endryu Robertson Premer-ligada eng ko‘p golda ishtirok etgan himoyachilar reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Bu statistika 2017/18 yildan to hozirgi kungacha hisobga olingan.

Tecno

APL 3-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi bahsda Robertson Trentning uzatmasini golga aylantirdi. Shunday qilib, har ikki fulbek gol+pas tizimida 33 ochko to‘plab, samaradorlik ro‘yxatida qo‘shhokimlik o‘rnatdi. Kuchli uchlikka 22 ochkoga ega Aspilikueta yakun yasagan.

Keyingi pog‘onalarda Patrik van Anxolt («Kristal Pelas», 16), Lyuka Din («Everton», 14), Virjil van Deyk («Liverpul», 13) hamda Natan Ake («Manchester Siti», 13) joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!