
"Liverpul" ham osiyolik investorlar qo‘liga o‘tishi mumkin
Dubai International Capital (DIC) "Liverpul"ni sotib olish uchun da’vogarlar orasida etakchilik qilmoqda.
Dubaylik investorlar ingliz klubini 12 yillik egalikdan keyin sotuvga qo‘ygan Fenway Sports Group (FSG)ga 4,3 milliard funt sterling (5 milliard dollar) to‘lashga tayyor.
Bu "DIC"ning Mersisayd klubini egallashga birinchi urinishi bo‘lmaydi, chunki Dubayda joylashgan kompaniya 2007 yilda 312 million funt sterling taklifi jo‘natgan, ammo o‘sha paytda ularning taklifiga rad javobi berilgan.
Joriy yilning may oyida "Forbes" "Liverpul"ni 3,5 milliard funt sterlingga baholadi, bu "FSG" 2010 yilda klubni
sotib olganidan summadan deyarli 12 baravar ko‘pdir.
Fikrlar