“Liverpul” grandlar nishonida turgan futbolchi bo‘yicha qarorini bildirdi

  • 23 may, 2024, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurgen Klopp “Liverpul”ni tark etganidan keyin jamoa tarkibida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Grand klublar germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida porlagan o‘yinchilarga ko‘z tikkan.

Tecno

Ana shunday nishonda turgan futbolchilardan biri Trent Aleksander-Arnolddir.

Klub rahbariyati 25 yoshli himoyachi bo‘yicha bir qarorga keldi. “Liverpul” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisini qo‘yib yubormaydi va unga yangi uzoq muddatli kelishuv taklif qiladi.

Trent “Liverpul” safida jami 310 ta o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga 19 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga 81 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!