"Liverpul" futbolchisi koronavirusga chalindi
"Liverpul" klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan Tyago Alkantarada koronavirus aniqlangan.
Shu sababli, ispaniyalik xavbek APL 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Arsenal" uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Hozircha futbolchida ba’zi simptomlar aniqlangan va u o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga o‘tgan.
Endi 29 yoshli yarim himoyachi klubining Angliya Liga Kubogi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi bellashuvini o‘tkazib yuboradi.



Fikrlar