
"Liverpul" futbolchisi "Brayton"ga o‘tishi mumkin
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen faoliyatini "Brayton"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
"Liverpul" shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan Oksleyd-Chemberlenni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bu aniq emas. Agar jamoada kadrlar muammosi bo‘lmasa, rahbariyat yarim himoyachining ketishiga ruxsat berishi ham mumkin.
"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi joriy mavsum APLning 7 ta o‘yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U 2017 yilning yozidan buyon "Liverpul"da to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar