"Liverpul" futbolchisi bilan xayrlashish arafasida

  • 10 yanvar, 22:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliot joriy qishda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

"Sky Sports" xabariga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachiga Angliyaning "Brayton" klubi va Dortmundning "Borussiya"si jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining transfer qiymati 35 million evroga teng.

Joriy mavsumda Elliot barcha turnirlarni hisobga olgan holda to‘qqizta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!