"Liverpul" futbolchisi "Al-Ittihod" bilan shartnoma imzoladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tez orada yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, klublar hali imzolanmagan bitim borasida kelishuvga erishib bo‘lgan.
O‘tgan mavsumda Fabino "qizillar" safida APL doirasida 36 o‘yinda maydonga tushib, 2 uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar