
"Liverpul" etakchisi yuzidan jiddiy jarohat oldi (FOTO)
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Red Bull Zaltsburg" (2:2) klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.
Gollandiyalik himoyachi o‘yin paytida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada van Deykning qoshi yorildi.
Endi van Deyk ushbu jarohatiga qaramay, 29 avgust kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘ladigan Angliya Superkubogida ishtirok etishi kerak.
Virjil “Liverpul” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 122 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar