
"Liverpul" etakchisi "Barselona" nishonida
"Liverpul"ning niderlandiyalik himoyachisi Virjil Van Deykga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadigan 33 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Ushbu transferni amalga oshirish uchun kataloniyaliklar katta ehtimol bilan urugvaylik Ronald Arauxo bilan xayrlashishi kerak bo‘ladi. Unga APLning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Van Deyk joriy mavsum klub miqyosida jami 32 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 28 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar