
"Liverpul" etakchilaridan biri yangi soch turmagi bilan muxlislarni xayratda qoldirdi (FOTO)
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold yangi soch turmagi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi.
Angliyalik futbolchi tvitter sahifasida o‘zining yangi soch turmagi aks etgan fotosuratini joylashtirdi.
Aleksandr-Arnold hozirda sonidagi jarohatidan davolanyapti. Shu sababli u Evropa chempionatida Angliya terma jamoasiga yordam berolmayapti.
22 yoshli Trent o‘tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda jami 45 ta uchrashuv o‘tkazdi va 2 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar