"Liverpul" Bundesligadan yosh iqtidorli yarim himoyachi olib kelishi mumkin

  • 20 mart, 15:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Simons yozgi transfer oynasida "Liverpul"ning asosiy nishonlaridan biri bo‘lishi mumkin. "CaughtOffside" nashrining xabariga ko‘ra, mersesaydliklar "RB Leyptsig" yarim himoyachisini qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda. 
 
Niderlandiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Simons dastlab 100 million evroga baholangan edi, lekin hozir germaniyaliklar uning narxini 80 million evroga tushirgan. Bu esa top-klublar uchun uni yanada jozibador variantga aylantiradi. 
 
Manbaga ko‘ra, "Leyptsig" futbolchini uzoq muddatga saqlab qolishni rejalashtirmagan, shuning uchun bu yozda uni sotish imkoniyati katta. Mersesaydliklar Simonsning transfer holatini o‘rganmoqda, shuningdek, "Manchester Siti" ham uni kuzatib bormoqda, deb qo‘shimcha qilindi. 
 
Agar "Liverpul" jamoani kuchaytirish uchun yosh va istedodli yarim himoyachi izlayotgan bo‘lsa, Xavi ularga mos keladigan variant bo‘lishi mumkin. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli xavbek joriy mavsum 25 ta bellashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!