
"Liverpul" "Brentford" vingeriga qiziqish bildirmoqda
"Liverpul" "Brentford" a’zosi Brayan Mbemoni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.
Mish-Mishlarga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Kurashda "Arsenal" va "Nyukasl" jamoalari ham mavjud.
Mbemo ushbu mavsum "Brentford" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 25 yoshli vingerning klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar