
Liverpul" braziliyalik futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor
Huquqlari "Nyukasl"ga tegishli bo‘lgan braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraysh boshqa ingliz klubi manfaatlari doirasida. "Goal" nashrining yozishicha, yarim himoyachi "Liverpul" bilan shartnoma imzolamoqchi.
Mersisaydliklar rahbariyati Gimarayshning transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Potentsial transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda.
Gimaraysh o‘tgan mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u ettita sariq kartochka oldi.
Brunoning "qarg‘alar" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Fikrlar