"Liverpul" bosh murabbiyi Saloh bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa sardori Muhammad Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi. Avvalroq, misrlik futbolchi Slot bilan munosabatlari buzilganini ma’lum qilgan edi.
“Bugun biz suhbat qilamiz. Suhbat natijalariga qarab, keyingi qadamlar aniqlanadi. Ikkalamiz ham vaziyatni to‘g‘ri baholashimiz kerak. Shu narsadan tashqari boshqa hech narsa ayta olmayman”, — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, vinger so‘nggi 3 bahsda zaxirada qoldirilgan va Chempionlar ligasida "Inter"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmagan.



Fikrlar