“Liverpul” bir yulduzni sotib, ikki top-futbolchini oladi
“Liverpul”ning sport bo‘limi chempionlik mavsumidan keyin yozgi transferlar oynasi davrida rekord darajada xarajat qilib, jamoaga qimmatbaho yangi ijrochilarni olib kelgan edi.
Biroq, bugunga kelib inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan “Liverpul” jamoani shakllantirishni to‘liq yakunlay olmagani va qishda yana transfer bozoriga kirishi oydinlashdi.
Indykaila news nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kelayotgan qishda mersisaydliklar ikki yuqori darajali yarim himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu rejani amalga oshirish uchun klub mutasaddilari tarkibda ayrim o‘zgarishlar qilishga tayyor.
Xususan, yanvar oyida “Liverpul” etakchi o‘yinchilaridan Aleksis Makallisterni argentinalik yulduzga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Real”ga taklif qiladi. Madrid klub qimmatbaho o‘yinchi uchun to‘laydigan mablag‘, ikkita top-futbolchini olishga yo‘naltiriladi.
Ayni paytda “Liverpul” skautlari bosh murabbiy Arne Slot qo‘llayotgan o‘yin sxemalariga mos keladigan yarim himoyachilarni topish bilan band.



Fikrlar