
"Liverpul" bir qator etakchi futbolchilari bilan shartnomani uzaytiradi
"Liverpul" klubi tez orada o‘zining bir qator etakchi futbolchilari bilan amaldagi shartnomalarni uzaytiradi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda gap Joel Matip, Jorjino Veynaldum, Jeyms Milner va Virjil van Deyklar haqida ketmoqda. Ular bilan shartnoma uzaytirilgani haqida yangi haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va APLni 2-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar