“Liverpul” bir o‘yinchi tufayli 35 million funtga kuyadi...
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” jamoaga tegishli bo‘lgan Xari Elliot kelajagidan tashvishda.
Mersisaydlik yosh futbolchini “Aston Villa”ga ijaraga bergan edi. Bu kelishuvda “villaliklar”ga kelasi yozda o‘yinchini 35 million funtga sotib olish huquq berilgan.
Ammo Xarvi Elliot “Aston Villa” asosiy tarkibiga kira olmadi va amalda o‘yin amaliyotisiz qolib ketyapti. Shu bois, boshida mersisaydliklarga foydali ko‘ringan bu bitim amalda katta moliyaviy yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
“Liverpul” va “Aston Villa” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, agar Elliott birmingemliklar uchun 10 ta rasmiy o‘yin o‘tkazsa, ijara doimiy transferga aylanishi kerak edi. Biroq dastlab chempionatning to‘rtta uchrashuvida maydonga tushib, jami 97 daqiqa o‘ynagan futbolchi keyinchalik o‘yin amaliyotidan butkul mosuvo bo‘ldi.
22 yoshli Elliott Angliyaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri hisoblansa-da, uning rivoji to‘xtab qolgandek.
“Liverpul” ikki narsadan xavotirda. Agar “Aston Villa” Elliotni sotib olish huquqidan foydalanmasa, u “Enfild”ga o‘yin amaliyotisiz qaytib keladi. Bu uni sotishni ham, Arne Slot jamoasiga qayta integratsiya qilishni ham qiyinlashtiradi.
Ikkinchi tomonda, ijaraning samarasiz yakun topishi “Liverpul” uchun ham sport, ham moliya nuqtai nazaridan jiddiy zarba bo‘ladi. Kutilgan 35 million funt o‘rniga klub qiymati pasaygan va bozordagi salohiyati cheklangan futbolchi bilan qolib etadi.



Fikrlar