"Liverpul" "Bavariya" hujumchisi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda

  • 14 mart, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" vingeri Leroy Sane jamoa bilan shartnomasini uzaytirish borasida aniq qarorga kelmagan. U so‘nggi haftalarda jamoa uchun muhim bo‘lib turgan bo‘lsa-da, uning shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. 
 
"Bild" nashrining xabar berishicha, Sane "Bavariya"da qolishni istamoqda. Biroq, klub rahbarlari uning so‘nggi oylardagi barqaror o‘yin ko‘rsatmayotgani sabab, yozda takliflarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Bir necha kun oldin futbolchiga Saudiyaning bir qator grand klublari va Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 
 
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ushbu kurashga Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" ham qo‘shilgan. Manbaga ko‘ra, mersesaydliklar germaniyalik hujumchi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Agarda yozgi transferlar oynasida rasmiy takliflar bilan chiqishi mumkin. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Leroy bu mavsum nemisliklar safida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!