
"Liverpul" "Barselona" yulduzini sotib olmoqchi
"Barselona" futbolchisi Frenki de Yong yozda klubni tark etishi mumkin.
Gap shundaki, yarim himoyachiga APL grandi "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik xavbek yozgi transferlar oynasida "mersisaydliklar"ning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Todo Fichajes" nashri xabar berdi.
27 yoshli futbolchining jamoadan ketishiga uning yuqori maosh olishi hamda so‘nggi paytlarda ko‘p jarohatlar olayotganligi asosiy sabab sifatida keltirilmoqda.
Ma’lumot uchun, De Yongning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar