“Liverpul” Arne Slot o‘rniga “afsona”ni olib keladi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida amaldagi chempion “Liverpul” futbolchilari “Lids” bilan uchrashuvda g‘alabani ushlab qola olmadi.
So‘nggi daqiqalarda raqib gol urib, uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu natija Arne Slotning kelajagiga soya solmoqda. Qolaversa, yana zaxirada qoldirilgan Muhammad Saloh Arne Slot bilan munosabati buzilganini aytdi.
Kelib chiqqan vaziyat tufayli klub tez orada bosh murabbiyni iste’foga chiqarishi mumkin. Agar bu ish amalga oshsa, rahbariyat jamoasini klub afsonasi Stiven Jerrardga topshirishni mo‘ljallayapti.
Jerrard shu yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Bosh murabbiylikka ikkinchi nomzod sifatida yaqingacha “Ayaks”ni boshqarib kelgan Jon Xeytinga tanlangan. Bundan kelib chiqib, “Liverpul”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladigan ko‘rinadi.



Fikrlar