
"Liverpul" argentinalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Liverpul" yozgi transferlar oynasida De Paulni sotib olmoqchi deya xabar bermoqda "Fichajes" nashri. Klubga ushbu transfer 40 million evroga tushadi.
De Paulning "Atletiko" bilan amaldagi shartomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U jamoada qolishni istaydi, lekin APLdan keladigan takliflarni qo‘rib chiqishga tayyor. Ayni dam yarim himoyachi uchun kurashda mersisaydliklar favorit bo‘lib turibdi.
"Liverpul" kelasi mavsum boshida argentinalik futbolchidan tashqari yana bir nechta transferlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Shu bilan birgalikda, jamoani ayrim o‘yinchilar tark etadi.
Fikrlar