
"Liverpul" Angliyada kambeklar bo‘yicha etakchi! Keyingi o‘rinlarda...
"Liverpul" klubi kecha APL doirasida "Fulxem"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Dramatik kechgan bahs "qizillar"ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Qizig‘i, 87-daqiqagacha Yurgen Klopp shogirdlari 2:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi. Shu tariqa, joriy 2023 yilda mersisaydliklar Premer-liga bahslarida yutqaza turib, g‘alaba qozonib ketgan o‘yinlari evaziga 21 ochko ishladi. Bu borada ular mutlaq peshqadam. Keyingi o‘rinlarda 15 ochko to‘play olgan "Arsenal", "Kristal Pelas" va "Vest Xem" klublari qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" ayni dam APL turnir jadvalida 31 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar