"Liverpul" afsonasi Salohning atrofidagi vaziyat haqida gapirdi

  • 10 dekabr, 20:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning sobiq sardori va yarimhimoyachisi Stiven Jerrard "qizillar" hujumchisi Muhammad Saloh atrofidagi vaziyat haqida gapirdi. Avvalroq, vinger "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot bilan ziddiyatga borgandi. Misrlik yulduz mutaxassisni hurmatsizlikda aybladi. Saloh ketma-ket uchta o‘yinni zaxirada boshladi. EChLda “Inter”ga qarshi o‘yinga qaydnomadan o‘rin olmadi.

Tecno

"U o‘ynamayotganidan xafa bo‘lgani aniq. Men buni tushunaman va shuning uchun uni hurmat qilaman. Saloh zaxirada o‘tiradigan yigit emas. Lekin uni tuzoqqa tushirgan so‘zlar... Bu noto‘g‘ri. Bunday narsalarni murabbiy bilan muhokama qilish kerak. Virjil van Deyk so‘zga chiqishi kerak. Men (“Liverpul” sardori sifatida") bunday masalalarni faqat klub yoki jamoa uchun hal qilganim yo‘q. Muxlislar uchun. Men bunday holatni oldin ham ko‘rganman. Buni boshimdan o‘tkazganman. Shunga o‘xshash vaziyat Luis Suares va Brendan Rogers o‘rtasida yuz bergan edi.

Ehtimol, hammasi iziga tushganida, Mo qizishib ketganini tushunib qolar. Ammo "Liverpul"ga Salohning o‘ynashi va gol urishi kerak, chunki u top-futbolchi, top-bombardir. Agar vaziyat rivojlansa, bundan hech qanday yaxshilik chiqmaydi". - deya Jerrardning so‘zlarini keltirdi Liverpool Echo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!