
"Liverpul" 18 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun kurashga kirishdi. Raqobatchilar orasida "Real", "Milan" va "Yuventus" bor
"Liverpul" yana "Sporting"ning qanot himoyachisi Nunu Mendeshni sotib olish rejasiga qaytdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Mersisaydliklar o‘tgan yoz 18 yoshli futbolchi uchun lissabonliklarga 30 mln evro taklif qilishgan va yakunda rad javobini olgan edi. Ammo hozir “Sporting” moliyaviy qiyinchliklarni boshdan kechirmoqda va endi bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Mendesh yaqindagina “Sporting” bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Ushbu kelishuvda uning tovon puli 70 mln evro etib belgilangan. Lekin klub vaziyatdan kelib chiqib bu borada narxni tushirishi mumkin. Mendeshga "Liverpul"dan tashqari "Real", "Milan" va "Yuventus" ham xaridor bo‘lmoqda.
Nunu joriy mavsum Portugaliya chempionatida 17 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar