"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvini kim sharhlaydi?

  • 17 yanvar, 2021, 13:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliyada dahshatli o‘yin bo‘lib o‘tadi. APL turnir jadvali peshqadamlari MYu va "Liverpul" o‘zaro bellashadi. 

Tecno

Azaliy raqiblar o‘rtasidagi bahsga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Ayni paytda ular orasidagi farq 1 ochkoni tashkil qiladi. Shuning uchun o‘yinni intizorlik bilan kutayotganlar talaygina.

Uchrashuv "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bellashuvni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Bu haqda uning o‘zi telegramdagi safihasida ma’lum qildi. Inglizlar klasikosi Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!