
"Liverpul" - "Barselona" o‘yinini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun futbol bo‘yicha Evropa chempionlar ligasi yarim final uchrashuvlariga start beriladi. Bugunga belgilangan o‘yinda "Liverpul" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, "UzreportTV" telekanali translyatsiya qiladigan mazkur uchrashuvni Hasan Turdialiev sharhlab boradi. Bu haqida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qildi. Shuningdek, kanalning rus tilidagi sharhini Aleksandr Elagin olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Dastlabki uchrashuv "Barselona"ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar