"Livepul" qishki transfer oynasi uchun reja tuzdi
"Liverpul" "Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymerga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.
25 yoshli avstriyalikning nemis jamoasi bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi, shuning bois, ingliz klubi qishda fubolchi bilan rasmiy muzokaralar olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Yozgi transfer oynasida "Bavariya" futbolchini sotib olishni juda istagan edi, ammo "Leyptsig" yarim himoyachini ichki chempionatdagi asosiy raqibiga qo‘yib yuborishni istamadi.
Oldinroq myunxenliklar futbolchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgani malum bo‘lgandi, ammo "Bavariya" yarim himoyachi uchun talab qilinadigan 30 million evroni to‘lashni istamadi.
Laymer o‘tgan mavsumda "Leyptsig" safida 41 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 6 golli uzatma muallifiga aylangan.



Fikrlar