
"Lion"ga qarshi muhim bellashuvda "Yuventus" asosiy hujumchisidan foydalana olmasligi mumkin
A Seriyaning 36-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan "Yuventus" forvardi Paulo Dibala tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 26 yoshli argentinalik futbolchining o‘ng son mushaklari lat egan. Shifokorlar uning safga qaytishi uchun taxminan 10 kun vaqt talab etilishini aytishmoqda. Ammo, Dibala 7 avgust kuni EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar