Lionel Messi "Inter Mayami" mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi

  • 12 sentabr, 2024, 13:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi "Inter Mayami" mashg‘ulotlarini sovuq havoda shamollab qolgani tufayli o‘tkazib yubordi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, argentinalik futbolchining Amerika kubogi finalida to‘pig‘idan olgan jarohatini davolash jarayoni reja bo‘yicha ketmoqda. Hujumchi keyingi ikki uchrashuvdan birida maydonga qaytishi kutilmoqda.

15 sentyabr kuni "Inter Mayami" MLS chempionatining navbatdagi turida "Filadelfiya Yunion" klubi bilan o‘ynasa, 19 sentyabrda "Atlanta Yunayted" bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!