
Lionel Messi: Bir o‘zimga ishonib qolmanglar!
“Barselona” etakchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi faqat unga bog‘lanib qolmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.
- Terma jamoa hech qachon menga bog‘liq bo‘lmagan. Biz kuchli va yakdil jamoa shakllashtirishga harakat qilyapmiz. Biz haqiqatan kuchli jamoaga aylana olmasak, g‘alaba qozonishimiz va o‘z maqsadlarimizni amalga oshirishimiz oson bo‘lmaydi.
Biz hozir aynan jamoa sifatida kuchlimiz. Ko‘p o‘yinchilarimiz uzoq muddatdan beri birga harakat qilmoqda. Biz avval ham Amerika kubogida o‘ynab, etarli tajriba to‘plaganmiz. Biz shug‘ullanyapmiz va to‘g‘ri yo‘ldan ketayoganimizga ishonaman.
Argentina terma jamoasida yuz berayotgan har bir jarayon men uchun alohida ahamiyatga ega. Hech qachon mamlakat bosh jamoasida buncha o‘yin o‘tkazaman, deb o‘ylamagandim. Men doi oldiga harakat qilganman va borimni berib o‘ynashga o‘rganganman, - dedi Lionel Messi.
Argentina Amerika kubogidagi birinchi uchrashuvini 15 iyun kuni Chili terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar