
Lionel Messi: "Argentina terma jamoasi uchun o‘ynashni juda sog‘indim"
Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasiga qaytishi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi jarohati sabab terma jamoaning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi. Bugun forvard JCh-2026 saralashi doirasida Venesuelaga qarshi kechgan o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
"Men uzoq vaqtdan beri terma jamoadaman. Lekin yana qaytib kelganimdan, vatanim jamoasida o‘ynashni davom ettirayotganimdan va yana shu erda ekanligimdan xursandman.
Milliy terma jamoada harakat qilishni acha sog‘ingan ekanman. Oldinda bizni saralash davomida uzoq yo‘l kutib turibdi. Endi bu o‘yin natijasini unutib, navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi Lionel Messi Venesuelaga qarshi kechgan bellashuvdan so‘ng.
Fikrlar