“Lion” – “Bavariya” uchrashuvida ispaniyalik hakamlar ishlaydi

  • 18 avgust, 2020, 16:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi yarim finali doirasida bo‘lib o‘tadigan “Lion” hamda “Bavariya” klublari o‘rtasidagi o‘yin uchun hakamlar brigadasi tasdiqlandi.

Tecno

Bosh hakam sifatida Antonio Mateu Laos tayinlandi. Unga qanotlarda Sebriyan Devis va Peres Del Palomar yordam beradi. To‘rtinchi hakam Del Serro Grande. Shuningdek, Alexandro Ernandes hamda Mariya Sanches Martines videotakrorlarda bosh hakamga yordam beradi.

O‘yin 19 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!